Fevral oyida iste’molchilarga 70,8 mlrd so‘m keshbek to‘lab berilgan
Davlat soliq qo‘mitasining ma’lumot berishicha, ayni paytda 1,4 mln nafarga yaqin iste’molchiga 70,8 mlrd so‘m to‘lab berilgan.
Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida o‘tgan oylar uchun yana 9,4 mlrd so‘m keshbek tasdiqlandi.
Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar 980 mlrd so‘mdan oshgan.
Ta’kidlanishicha, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi va soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda to‘lab boriladi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan oyda 2,1 mln nafardan ortiq iste’molchilar tomonidan 106,6 mlrd so‘m keshbek yig‘ilgan. Bu 2022 yilning mos davriga nisbatan 80 mlrd so‘mga ko‘p.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter