Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari orasida eng kam ish haqi Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ekani ma’lum bo‘ldi
Qozog‘istondagi eng kam ish haqi (EKIH) Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeII) mamlakatlarida eng past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi, deya xabar qiladi CA-NEWS statistika qo‘mitasi va mamlakat markaziy bankiga tayangan holda.
Shu bilan birga, 2018-yilda EKIH 14 foizga oshib, 24 459 dan 28 214 tangagacha ko‘tarildi, bu esa 100 dollardan kam. Shunga qaramay, bu YeIIda eng past darajadan bitta oldingi ko‘rsatkichdir. EKIH faqat 17 dollar bo‘lgan Qirg‘izistonda eng past darajani tashkil qiladi.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi eng kam ish haqining eng yuqori darajasi Rossiyada kuzatilgan — $164,6. Belarus uchun bu ko‘rsatkich 10 dollarga kamroq. Armanistonda minimal daromad ham 100 dollardan oshadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter