Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng ko‘p sanoat korxonalari mavjud hududlar reytingi e’lon qilindi

Eng ko‘p sanoat korxonalari mavjud hududlar reytingi e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024-yilning 1-fevral holatiga jami 68 691 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni:

Toshkent shahrida – 11 930 ta

Farg‘ona viloyatida – 7 635 ta

Toshkent viloyatida – 7 273 ta

Samarqand viloyatida – 6 065 ta

Andijon viloyatida – 5 510 ta

Namangan viloyatida – 4 909 ta

Buxoro viloyatida – 4 058 ta

Xorazm viloyatida – 3 962 ta

Qashqadaryo viloyatida – 3 675 ta

Qoraqalpog‘iston R. – 3 564 ta

Navoiy viloyatida – 3 046 ta

Surxondaryo viloyatida – 3 018 ta

Jizzax viloyatida – 2 518 ta

Sirdaryo viloyatida – 1 528 ta

Shuningdek, O‘zbekistonda 2024 yilning 1 fevral holatiga, xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 14 199 tani tashkil etgan. Eng ko‘p shunday korxona Toshkent shahrida joylashgan - 9 240 ta. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring