Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng ko‘p parranda boqiladigan hududlar ma’lum qilindi

Eng ko‘p parranda boqiladigan hududlar ma’lum qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning 1-iyul holatiga respublikamizda 83,5 mln. bosh parrandalar mavjud. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘sish sur’ati 104,9 foiz.

2021-yil yanvar-iyun holatiga jami parrandalarning 11,4  foizi fermer xo‘jaliklari, 60,6 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari va 28,0 foizi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ko‘rinib turibdiki, parrandalar soni bo‘yicha Toshkent va Samarqand viloyatlari yetakchi. 

Hududlar kesimida parrandalar bosh soni:

- Qoraqalpog‘iston R. – 4,7 mln. bosh
- Andijon – 8,2 mln. bosh
- Buxoro – 5,3 mln. bosh
- Jizzax – 3,2 mln. bosh
- Qashqadaryo – 5,8 mln. bosh
- Navoiy – 3,1 mln. bosh
- Namangan – 5,3 mln. bosh
- Samarqand – 10,6 mln. bosh
- Surxondaryo – 4,6 mln. bosh
- Sirdaryo – 2,1 mln. bosh
- Toshkent – 15,6 mln. bosh
- Farg‘ona – 8,8 mln. bosh
- Xorazm – 6,2 mln. bosh

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring