Eng arzon va eng qimmat go‘sht qaysi hududlarda sotilishi aniqlandi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bozorlardagi narx-navoni o‘rgandi.
2022-yil 21aprel holatiga ko‘ra:
Mol go‘shti 45 000 so‘mdan – 85 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasi markaziy dehqon bozori va Toshkent shahridagi markaziy bozorlarda kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kg. mol go‘shtining narxi 45 000 so‘mdan – 49 000 so‘mgacha sotilmoqda.
Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Qashqadaryo viloyati, Samarqand viloyati,Toshkent viloyati markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. mol go‘shti – 75 000 dan 85 000 so‘mgacha
Qo‘y go‘shti 40 000 so‘mdan – 86990 so‘mgacha
Eng arzon narx 1 kg. qo‘y go‘shti uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro viloyati, Jizzax viloyati markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qo‘y go‘shtini 40 000 dan 45 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx bu haftada Toshkent viloyati, Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyati markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qo‘y go‘shti – 86990 so‘mdan 80 000 so‘mgacha.
Tovuq go‘shti 10 000 so‘mdan – 38 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston markaziy dehqon bozori hamda Xorazm Urganch Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 10 000 so‘mdan – 15 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Toshket shahar Markaziy dehqon bozori, hamda Samarqand viloyati Markaziy dehqon bozorlarida kuzatildi – 30000 – 38000 so‘m.
Guruch 3 000 so‘mdan – 17 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Qorqalpog‘iston dehqon bozori va Xorazm viloyati, Jizzax viloyati Markaziy bozorlarida qayd etilgan – 3000 – 6 000 so‘m.
Eng qimmat narx Toshkent viloyati, Sirdaryo viloyati, Navoiy viloyati markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 16 000 – 17 000 so‘m.
O‘simlik yog‘i 16 000 so‘mdan – 25 500 so‘mgacha
Eng arzon o‘simlik yog‘i Farg‘ona viloyati, Xorazm viloyati, Buxoro viloyati markaziy bozorlarida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 16 000 so‘mdan – 17 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx Toshkent viloyati Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 23 000 dan 25 500 so‘mgacha.
Un (Mahalliy oliy navli un) 2800 so‘mdan – 11 000 so‘mgacha
Eng arzon narxdagi mahalliy oliy navli un Qoraqalpog‘iston Respublikasi,Andijon viloyati,Farg‘ona viloyati Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz 1 kilogramm mahalliy oliy navli un uchun 2 600 so‘mdan-3000so‘mgacha to‘lashingiz zarur bo‘ladi.
Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un Toshkent viloyati Markaziy bozorida qayd etildi – 11000 so‘m.
Mahalliy 1-navli un 1500-9000 so‘mgacha
1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Namangan viloyati dehqon bozorlarida qayd etildi — bu summa 2600-2800 so‘mni tashkil qilmoqda.
1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Toshkent viloyati Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 9000 so‘mgacha.
Shakar 8000 so‘mdan – 13 500 so‘mgacha
Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Jizzax viloyati Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 8000 – 8500so‘m.
1 kg shakar uchun eng qimmat narx Surxondaryo viloyatida kuzatilib,13 500 so‘mgacha ko‘tarilgan.
Tuxum 600 so‘mdan – 1500so‘mgacha
Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxum uchun eng arzon narx Andijon viloyati, Namangan viloyati, Xorazm viloyati markaziy dehqon bozorlarida kuzatildi 600 - 700 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.
1 dona tuxum uchun eng qimmat narx poytaxtimizning dehqon bozorlarida qayd etildi — 1500 so‘m.
Kartoshka 2500 so‘mdan – 15 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasi markaziy dehqon bozori, Jizzax viloyati dehqon bozori, Toshkent viloyati markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 2500-2800 so‘mdan sotilmoqda.
1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx Toshket shahri dehqon bozorida kuzatildi –15000so‘mgacha ko‘tarilgan.
Pomidor 10000 so‘mdan – 26950 so‘mgacha
Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax viloyati, Xorazm viloyati markaziy dehqon bozorida kuzatildi -10000so‘mdan – 12000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx esa Toshkent viloyati va Toshkent shahri dehqon bozorlarida qayd etildi – 26000-26950 so‘mgacha sotilmoqda.
Piyoz 1000-7000 so‘mgacha
Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Namangan viloyatlari Markaziy dehqon bozorida kuzatildi -1000-1500so‘mgacha.
Eng qimmat narx 1 kg piyoz uchun Navoiy viloyati dehqon bozorida qayd etildi –7000so‘mgacha sotilmoqda.
Bodring 4000-30000 so‘mgacha
Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona viloyati Markaziy bozorlarida kuzatildi- 1 kg bodring 4000 so‘mdan.
Eng qimmat narx-Toshkent shahri Markaziy bozorlarida bo‘lib-30000 so‘mgacha bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter