Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bankdan kredit olishda propiska cheklovi bekor qilindi

Bankdan kredit olishda propiska cheklovi bekor qilindi

Foto:«Xabar.uz»

Endilikda banklardan kredit olishda shaxsning doimiy yashash joyi ahamiyat kasb etmaydi. Bu haqda Davletovuz kanali yozmoqda.

«Banklar iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Ushbu o‘zgarishlar 2019-yil 16-oktyabrdan kuchga kiradi.

Unga ko‘ra, iste’molchi-jismoniy shaxs yashash joyidan qat’iy nazar o‘zi tanlagan bankka kredit olish uchun murojaat etishga haqli» deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring