Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektr energiyasi narxi oshmoqda

Elektr energiyasi narxi oshmoqda

«O‘zbekenergo» AJ 2018 yil 1 apreldan boshlab elektr energiyasining narxlari oshganligini ma’lum qiladi.

Foto: «Review.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 913-sonli qaroriga asosan «O‘zbekenergo» AJ 2018 yil 1-apreldan boshlab elektr energiyasining narxlari oshganligini ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2018-yil 14-martdagi 19-03-22-06-O‘zR-6-2018 sonli Reyestri

Guruh

Nomi

Narxi

I guruh

Ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq bo‘lgan, elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tariflar bo‘yicha hisob-kitob qiladigan iste’molchilar, budjet tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek davlat budjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno

228 so‘m 60 tiyin

II guruh

Elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif bo‘yicha hisob-kitob qiladigan iste’molchilar, maishiy iste’molchilardan tashqari

228 so‘m 60 tiyin

III guruh

Maishiy iste’molchilar

228 so‘m 60 tiyin

Elektr plitalar bilan jihozlangan, o‘n qavatdan yuqori bo‘lgan ko‘pxonadonli turar joylari va yotoqxonalarda yashovchi maishiy iste’molchilar uchun

114 so‘m 30 tiyin

IV guruh

I va II tarif guruhlari iste’molchilari tomonidan texnologik maqsadda elektr isitish, shuningdek binolarni isitish, issiq suv ta’minoti va ovqat tayyorlashda foydalanilgan elektr energiyasi uchun

241 so‘m 50 tiyin

Izoh:

1.Ushbu tariflar 1 kVt soat elektr energiyasi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblangan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yoqilg‘i-energetika resurslari bilan o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2017-yil 14-noyabrdagi 913-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2018-yil 12-yanvar 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan elektr energiyasidan foydalanish qoidasiga asosan o‘rnatilgan.

2.Ushbu reyestr kuchga kirishi bilan 2017-yil 29-iyundan amal qilgan 19-03-22-06-O‘zR-29-2017 sonli Reyestri o‘z kuchini yo‘qotadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring