DXXning sobiq binosini sotib olishga uchta taklif tushdi
![DXXning sobiq binosini sotib olishga uchta taklif tushdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/9/720_460_95_3949500797.jpg)
Kecha, 21 may kuni Davaktiv agentligida Davlat tender komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Komissiya a’zolari va davlat aktivlarini sotib olish bo‘yicha takliflar taqdim etgan tadbirkorlar ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, ommaviy savdolarga chiqarilgan yirik aktivlarning 6 tasi bo‘yicha jami 16 ta taklif kelib tushgan. Jumladan, «Malika» savdo majmuasi, «Ichan qal’a» mehmonxonasi va «Qizil suv sport sog‘lomlashtirish» MChJ bo‘yicha 2 ta, «Poytaxt biznes majmuasi» MChJ mulkiy majmuasi hamda «Markaziy bino hududi» (DXXning sobiq binosi) bo‘yicha 3 ta, Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi binosi bo‘yicha 4 ta talabgordan sotib olish bo‘yicha takliflar kelib tushgan.
Talabgorlar taqdim etgan yopiq konvertlar Davlat tender komissiyasi a’zolari, talabgorlar va OAV vakillari ishtirokida ochildi.
Endi Ishchi organ tomonidan 5 ish kuni mobaynida talabgorlardan kelib tushgan takliflarning davlat aktivlari bo‘yicha savdo shartlariga mosligi, undan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabga taklif etilgan biznes konsepsiya loyihasining maqbul yoki maqbul emasligi o‘rganiladi.
Ishchi organ o‘z hisobotini tayyorlab, Davlat tender komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi va ikkinchi bosqichga o‘tgan yoki o‘tmagani to‘g‘risida ma’lumotlar e’lon qilinadi. Har bir talabgorga individual xabarlar yuboriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter