Dushanbadan dollar oshadi, yevro va rubl tushadi
Markaziy bank 6-fevraldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan qiymatini belgiladi.
AQSh dollari 21,83 so‘mga oshib, 11 317,06 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi esa tushdi (-54,07) va 12 369,55 so‘m bo‘ldi. Funt sterling ham 83,96 so‘mga tushib, 13 860,00 so‘m bo‘ldi.
Rossiya rubli -0,38 so‘mga tushdi va 160,95 so‘m etib belgilandi.
Qozoq tengesi 24,68 so‘m bo‘ldi (+0,10).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter