Da’vo arizasini «hal qilishini» aytgan shaxs katta pul bilan ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro U.D. Rossiya davlati fuqarosi A.Sh. va boshqalarning «O‘.T.» MChJga yetkazib bergan ishlab chiqarish uskunalari uchun 3,6 mln AQSh dollarini undirib berish haqidagi Toshkent shahar iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasini go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 50 000 AQSh dollari evaziga qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlab, da’vo arizasini qanoatlantirish haqida qaror chiqartirib berishini aytib, kelishilgan puldan 25 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, qolgan 25 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter