Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Chorsu» mehmonxona majmuasi qayta sotiladi

«Chorsu» mehmonxona majmuasi qayta sotiladi

Foto: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

«Chorsu» mehmonxona majmuasi qayta sotuvga qo‘yiladi, bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bugun, 5-avgust kuni o‘z telegram-kanalida xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 2018-yil 9-martdagi shartnomaga ko‘ra, sobiq «Chorsu» mehmonxona majmuasi «Inter Tourism» mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonaga 2017—2019-yillar mobaynida hukumat kafolatisiz 33,0 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish orqali 270 o‘ringa mo‘ljallangan 4 yulduzli mehmonxona majmuasini qurish va 350 ta yangi ish o‘rnini yaratish sharti bilan sotilgan edi.

Xorijiy korxona tomonidan oldi-sotdi shartnomasida belgilangan majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilmagani sababli, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2019-yil 2-iyuldagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi shartnoma bekor qilingan.


Mazuga oid: 12 yildan so‘ng... «Chorsu» mehmonxonasi ishga tushirilishiga oz qoldi


Hukumatning tegishli topshirig‘iga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi sobiq «Chorsu» mehmonxona majmuasidan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida, mazkur ob’yektni investitsiya majburiyatlarini bajarish sharti bilan takroran ommaviy savdolarga chiqaradi.

Agentlik ma’lum qilishicha, ayni damda Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi tayyorlanib, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring