Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» Qashqadaryo viloyatida tabiiy gaz qazib chiqarilishi va qurilish-montaj ishlari holatini o‘rganmoqda

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» Qashqadaryo viloyatida tabiiy gaz qazib chiqarilishi va qurilish-montaj ishlari holatini o‘rganmoqda

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari geologiya-qidiruv, burg‘ilash ishlari hamda qurilish ishlari holatini joyida o‘rganish maqsadida Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turibdi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisiga jamiyatga tegishli konlarda gaz qazib chiqarish ko‘paytirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar hamda amalga oshirilayotgan loyihalarning bugungi holati bo‘yicha hisobotlar berildi.

O‘rganish ishlari, «Sho‘rtan» Bosh Inshootidan Sho‘rtan gaz kimyo majmuasiga tabiiy gaz uzatish loyihasi bo‘yicha yangi gaz quvuri qurilish-montaj ishlari oldidan tayyorgarlik jarayonini nazoratidan boshlandi.

Boshqaruv raisi tomonidan ushbu investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida ko‘zda tutilgan tashqi infratuzilma ob’yektlaridan biri bo‘lgan «Sho‘rtan» Bosh Inshootidan - Gaz kimyo majmuasigacha diametri 1020 mm bo‘lgan 33 km uzunlikdagi yangi gaz quvurini qurilish montaj ishlariga start berildi.

Ushbu gaz quvurini qurilishi bilan «Sho‘rtan» bosh inshoatidan yetkazib beriladigan tabiiy gazdan Sho‘rtan gaz kimyo majmuasini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish loyihasini amalga oshirish bilan qo‘shimcha polimer mahsulotlarini ishlab chiqarishga erishiladi.

Gaz quvurining qurilish loyiha hujjatlari «O‘zLITIneftgaz» AJ tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, qurilish montaj ishlariga pudratchi tashkilot sifatida «Neftgazmontaj» MChJ jalb etiladigan bo‘ldi. Qurilish maydoni pudratchi tashkilotlar tomonidan loyihani amalga oshirish uchun safarbar qilingan avtotransortlar va maxsus transport vositalari namoyish etilib, qurilish-montaj ishlarini olib borish bo‘yicha ishlab chiqilgan «tarmoq grafik»i muhokama qilindi.

Boshqaruv raisi tomonidan loyiha asosida gaz quvuri qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda zarur quvur armaturalari, moddiy-texnik resurslar bilan ta’minlash masalalarini hal etish va  qurilish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha boshqarma rahbariyati hamda mas’ul departament boshliqlariga topshiriqlar berildi.

«Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish» loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari «O‘zLITIneftgaz» AJ ixtisoslashgan instituti tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra loyihaning taxminiy qiymati 1,85 mlrd AQSh dollarni tashkil etadi. Loyiha doirasida yiliga yuqori likvidli hisoblangan bimodal polietilenni 280 ming tonnagacha va polipropilenni 100 ming tonnagacha ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari «Sho‘rtan» koni xududida amalga oshirilayotgan geologiya-qidiruv, burg‘ilash ishlari bilan tanishib, qazib chiqarish hajmini oshirish borasidagi masalalar muhokama qilindi.

Konda vaxta usulida mehnat faoliyatini olib borayotgan ishchi-xodimlar, neft va gaz ilmiy-tekshirish, geologiya institutlari, qidiruv-burg‘ilash tashkilotlari mutaxassis va rahbarlari ochiq suhbat o‘tkazilib, muammoli masalalar yechimi bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Boshqaruv raisi tomonidan burg‘ilash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda tugatish, zarur texnik vositalar zaxirasini yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Eslatib o‘tamiz, Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» tomonidan Qashqadaryo viloyati hududidagi tabiiy gaz qazib chiqarilishi hajmini oshirishga doir o‘rganish ishlari davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring