Budjetdagi pullar qayerga ketdi? Endi bu savolga hojat qolmaydi
![Budjetdagi pullar qayerga ketdi? Endi bu savolga hojat qolmaydi](https://static.xabaruz.com/crop/1/7/720_460_95_1785376994.jpg)
Budjet ma’lumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq:
- 2020-yildan boshlab budjet qonun bilan tasdiqlanadi;
- 2019-yildan boshlab budjet mablag‘larining kamida 10 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltiriladi.
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari loyihalari hamda ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilinadi.
2019-yil 1-yanvarga qadar budjet xarajatlari ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun «Ochiq budjet» axborot portali ishga tushiriladi. Unda davlat budjeti, soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalari, budjet ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar va Hisob palatasi xulosalari e’lon qilinadi.
Portal orqali fuqarolar bilan qayta aloqa tashkil etiladi va fuqarolar budjet qonunchiligini buzish holatlari to‘g‘risida xabardor qilish, budjet jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish imkoniga ega bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter