Budjetning 5 foizi jamoatchilik fikri asosida sarflanishi ko‘zda tutilmoqda
«Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.
2021-yil may oyidan 14 ta tuman (shahar)da budjet xarajatlarining 5 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Mazkur yangi tartib 2022-yil 1-yanvardan e’tiboran respublikaning barcha tuman (shahar)larida bosqichma-bosqich joriy etiladi.
2021-yil 1-iyuldan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga ajratiladigan tuman (shahar)lar budjetlari qo‘shimcha mablag‘larining eng kam miqdori 10 foizdan 30 foizga oshiriladi.
Shuningdek, jamoatchilik fikri asosidagi tadbirlar uchun mablag‘lar «Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi»da to‘planadi va undan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
Tuman hokimliklari jamoatchilik fikri asosidagi tadbirlarni budjetdan moliyalashtirishga oid ma’lumotlarni har chorak bo‘yicha rasmiy veb-saytlariga va «Ochiq budjet» portaliga joylashtiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter