Buxoroda mototsikl, velosiped va skuter ishlab chiqariladi
2018-2019-yillarda Buxoro viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq 2018-2019-yillarda to‘qimachilik, charm-poyabzali, oziq-ovqat, farmatsevtika, mebel va qog‘oz, mashinasozlik, elektrotexnika, qurilish materiallari va boshqa sohalarda umumiy qiymati 3 322 567 mln so‘mlik loyihalar amalga oshirish orqali 11 683 ta ish o‘rni yaratiladi.
Masalan, viloyatda zamonaviy mototsikl, velosiped, skuter va nogironlar aravachasi ishlab chiqarishni tashkil etish, bu orqali 100 ga yaqin shaxcni ish bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter