Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda 5 yulduzli HYATT mehmonxonasi quriladi

Buxoroda 5 yulduzli HYATT mehmonxonasi quriladi

31-mart kuni Minerva Cityning bo‘lajak majlislar zalida OAV, blogerlar hamda soha mutaxassislari bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ochib berdi. Abduhakimov hozirda Xorazm viloyatida safarda bo‘lib turgani munosabati bilan matbuot anjumanida onlayn ravishda qatnashib, mamlakatimizda turizmni rivojlantirishda yaratilayotgan qator imkoniyatlar haqida so‘zladi. Xususan O‘zbekiston-Hindiston hamkorligi doirasida mamlakatimizda ilk bora amalga oshirilayotgan shahar ichidagi shahar Minerva City hamda HYATT mehmonxonalarining qurilishi bu katta o‘zgarish ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek tadbir davomida Murari Lal Jalan so‘zga chiqib, MJ Developers yashash, hordiq va ishlash uchun shunchaki binolar qurmaydi – ular yangi ko‘chmas mulk bilan hayotni qanchalik o‘zgarishi mumkinligini namoyish etishi haqida ta’kidladi. Buxoroda birinchi, O‘zbekistonda ikkinchi 5 yulduzli, 223 nomerli HYATT mehmonxona 2022 yilda ochilishi haqida aytib o‘tdi.

Murari Lal Jalanning so‘zlariga ko‘ra, Buxoroda qurilishi rejalashtirilgan HYATT mehmonxonasi loyihasi MJ Developers hamda Hyatt Regency hamkorligida amalga oshiriladi.

Shu yerning o‘zida MJ Developers kompaniyasi Hyatt Regency Bukhara bilan litsenziyalangan shartnomani imzoladi.

Hyatt Regency Bukhara

YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Buxoroning tarixiy markazi yaqinida joylashgan Hyatt Regency Bukhara mehmonlarga shaharning mashhur masjid-u madrasalari va eski bozorlarning unutilmas taassurotlarini taqdim etadi. Toshkent bilan bir qatorda Buxoro ham O‘zbekistondagi eng jozibali shaharlardan biridir. Mehmonxona dam olish uchun sayyohlar va biznes mehmonlari uchun ideal maskan bo‘ladi.

Buyuk ipak yo‘lida joylashgan Buxoro azaldan savdo, ilm-fan, madaniyat va din markazi bo‘lgan. Buxoroning me’moriy ko‘rkamligi qadimgi shahar maqomini YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga ko‘tardi, bu esa dunyoning turli burchaklaridan ulkan «Ark» qo‘rg‘oni yoki «Bolo Hovuz» masjidiga qiziquvchilarni jalb qiladi. Boshqa mahalliy diqqatga sazovor joyladan sanalgan Ismoil Somoniy maqbarasi va Kalon masjidi ham mehmonxonaga yaqin masofada joylashgan.

«Biz Hyatt bilan birgalikda Buxorodagi birinchi 5 yulduzli mehmonxona bo‘lishi kutilayotgan Hyatt Regency Bukhara mehmonxonani ochishda birga ishlayotganimizdan xursandmiz», – dedi MJ Developers kompaniyasi raisi Murari Lal Jalan. – «Biz Hyatt Regency brendi bilan uning Toshkentdagi muvaffaqiyati tufayli birlashdik va Buxorodagi sayyohlarga hamda mahalliy aholiga ham uning mehmondo‘stligi va xizmatlarda afzalliklarini taklif etish uchun Hyatt bilan hamkorligimizni davom ettirishni istaymiz».

«Janob Murari Jalan va MJ Developers vakillariga samimiy hurmat va minnatdorchiligimni bildiraman. Respublika miqyosidagi ushbu muhim voqea bilan faxrlanishimiz uchun barcha asoslar mavjud. Buxoroliklar birinchi besh yulduzli mehmonxonaning qurilishi va shaharda zamonaviy, doimiy ish o‘rinlari yaratilishidan mamnun. Bu turizm sohasini keyingi bosqichga olib chiqadi, mehmonlarni jalb qilib, ularga jahon darajasidagi qulayliklar taqdim etadi», – dedi Buxoro viloyati hokimi B.Zaripov.

Hyatt kompaniyasini sotib olish va rivojlantirish bo‘yicha vitse-prezidenti Takuya Aoyamaning ta’kidlashicha, O‘zbekistondagi ikkinchi Hyatt Regency mehmonxonasi va Toshkent tashqarisidagi birinchi Hyatt mehmonxonasining ochilishini e’lon qilishdan kompaniya vakillari mamnun. Buxoro Markaziy Osiyodagi maxsus yo‘nalish bo‘lib, Hyatt brendini mamlakatning boshqa tarixiy markazlarida va butun mintaqaga yoyish imkoniyatlarini taqdim etish niyati ham bor.

MJ Developers haqida

MJ Developers – aqlli shahar loyihalarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan ko‘chmas mulkni rivojlantirish bo‘yicha strategik tashkilot. Tashkilot, avvalambor, O‘zbekistonga alohida e’tibor qaratgan holda rivojlanayotgan bozorlarda premium darajasidagi aqlli shaharlarni rivojlantirishga va sarmoya kiritishga yo‘nalgan.

MJ Developers Respublika bo‘ylab 4 yirik loyihani amalga oshirmoqda:

Mehmonxona:

  • 5 yulduzli mehmonxona (2,75 GA) Buxoro sh.

Aqlli shaharlar loyihalari:

  • Namangan Square (18 GA) Namangan sh.; Namanganning eng nufuzli tumanlaridan birida joylashgan. Namangan shahrining yangi biznes markazidagi turar joy majmuasi. Dam olish va oila bilan toza havoda sayr qilish uchun 10 gektardan ortiq hudud.

Minerva City (100 GA) Toshkent sh.;

  • Minerva Cityning – yangi tashkil etilgan Yangihayot tumanida joylashgan, aholisi qulay turmushini ta’minlash uchun mo‘ljallangan unikal, ko‘p funksiyali turar joy majmuasi. Loyiha «shahar ichida shahar» konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan. Majmuaning zamonaviy infrastrukturasi yangi turmush tarzi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Sport mashg‘ulotlari ertalabki yugurishdan tortib, kechki sokin sayrlargacha bo‘lishi mumkin, shuningdek, majmuamizda kundalik tashvishlarni unutib, xotirjam hayot kechirish uchun ko‘plab imkoniyatlarni taqdim etadigan turli boshqa dam olish maskanlari mavjud bo‘ladi.

Lake City (100 GA) Toshkent sh.

  • Lake Cityning ajralib turadigan asosiy xususiyati bu ulkan majmua hududida Baxt ko‘lining joylashishidir. Akvapark, mehmonxonalar, hashamatli turar joy binolari Lake Cityda quriladigan inshootlarning kichik bir qismidir. Loyihalarga ta’lim muassasalari, ko‘ngilochar majmualar, sog‘liqni saqlash, tibbiyot muassasalari va boshqalar kiradi. Ularning har biri xalqaro standartlarga javob beradi va O‘zbekiston xalqi hayotini yaxshilashga qaratilgan.

Bundan tashqari, ushbu loyihalar mamlakatda birinchi bo‘lib  xonadonlar topshirish bilan birga xonadon hujjatlarini ham taqdim etadi. Namangan Square – 2021 yilning 4-choragi, Minerva City – 2022 yilning 2-choragi, hatto muddatidan bir necha oy oldinroq ham bo‘lishi mumkin.  

Hyatt Regency haqida

Hyatt Regency sayohatni tashvishsiz va muvaffaqiyatli qilishlari bilan faxrlanadi.

Dunyoning 30dan ortiq mamlakatlarida qulay joylashgan 200dan ortiq Hyatt Regency shahardagi va kurort joylari har qanday vaziyatda, samarali individual biznes uchrashuvlaridan tortib, oilaviy dam olishga qadar hamma uchun qiziqarli maskan bo‘lib xizmat qiladi.

Brend qulay uchrashuv, yig‘ilishlar muhiti va mehmonlarni mamnun qiluvchi e’tiborli xizmat ko‘rsatishni taklif etadi.

Mehnat unumdorligi va xotirjamlik uchun mo‘ljallangan Hyatt Regency mehmonxonalari va kurortlari xizmat va qulaylikning to‘liq spektrini, shu jumladan ishlash, ijtimoiy muloqot yoki dam olish uchun joylarni taklif etadi; kulinariya taassurotlari; texnika; shuningdek, har bir detalga ahamiyat beriladigan uchrashuvlar, yig‘ilishlar va tadbirlarni rejalashtirish bo‘yicha mutaxassislarni ham.

Shuningdek, tadbir davomida OAV hamda blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Kelajakda bu kabi loyihalarni mamlakatimizning har bir viloyati hududida amalga oshirishlariga umid bog‘lashlarini ta’kidlab o‘tishdi.

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring