Bu majmua 1 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqaradi — Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turgani va Uzbekistan GTL zavodi ochilish marosimida ishtirok etayotgani xabar qilingan edi.
Davlat rahbari o‘z nutqida raqamlarga to‘xtaldi va zavod yiliga qancha daromad olib kelishini ochiqladi.
— Ushbu majmuada yiliga 3,6 milliard metr kub tabiiy gaz qayta ishlanib, qiymati 1 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 1,5 million tonna tayyor suyuq mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Jumladan, 307 ming tonna aviakerosin, 724 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 437 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz tayyorlanadi.
Ushbu mahsulotlar hisobiga, yiliga 500 million dollarlik import o‘rni qoplanadi, 200 million dollarlik eksport va 2 trillion so‘mlik soliq tushumlari ta’minlanadi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari tomonidan ta’kidlanishicha, shu paytgacha jahonda bunday majmuadan faqat 4 ta davlatda qurilgan – Qatar (2 ta), Nigeriya, Janubiy Afrika va Malayziya.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter