Biznes-inkubatorlarga bir qator imtiyozlar berilishi mumkin

Prezidentning «O‘zbekistonda biznes-inkubatorlar tizimini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, biznes-inkubatorlarni davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etishga taqdim qilinadigan yer uchastkalari va davlat mulki ob’yektlari quyidagi shartlarda ajratiladi:
- biznes-inkubator binolarini qurish uchun ijara huquqi asosida yer uchastkasini ajratish;
- oliy ta’lim muassasalarining bo‘sh binolarini biznes-inkubatorlar tashkil etish uchun tekin foydalanish huquqi asosida taqdim etish;
- konsessiya asosida qurilish uchun yer uchastkasi ajratish yoki rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun bino ajratish;
- bo‘sh yotgan davlat mulki ob’yektlarini nol xarid qiymatida sotish;
- xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan biznes-inkubatorlarni moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash.
Qayd etilishicha, davlat-xususiy sherikligi shartlarida tashkil qilinayotgan biznes-inkubatorlarga nisbatan quyidagi soliq va bojxona imtiyozlari qo‘llaniladi:
- o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan qurilish materiallari, uskunalar, asbob-anjomlar va o‘quv qurollari davlat-xususiy sherikligi to‘g‘risidagi bitim tuzilgan kundan boshlab 3 yil muddatga bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etish;
- o‘z faoliyatini amalga oshira boshlagandan boshlab 3 yil muddatga foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha soliq stavkasini 50 foizga kamaytirish tarzida soliq imtiyozi berish va boshqalar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter