Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir qator muhim mahsulotlarga nisbatan QQS imtiyozi uzaytirildi

Bir qator muhim mahsulotlarga nisbatan QQS imtiyozi uzaytirildi

QQS bo‘yicha qonun loyihasi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan birinchi va ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, qabul qilindi.

Unga ko‘ra 2021 yil 1 maydan 2022 yil 30 aprelga qadar bo‘lgan davrda quyidagilar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi:

- O‘zbekiston Respublikasi hududiga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danagini olib kirish;

- o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma.

Shuningdek, 2021 yil 10 oktyabrdan 2022 yil 30 aprelga qadar bo‘lgan davrda go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.

Ta’kidlash o‘rinliki, ushbu qonunni qabul kilish Davlat budjetining 800,0 mlrl. co‘m atrofida daromadlari yo‘qolishiga olib keladi. Yo‘qotilgan summani soliq va bojxona ma’murchiligini takomillashtirish, shuningdek, alohida imtiyozlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar hisobiga qoplash ko‘zda tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, go‘sht, baliq va kartoshka QQSdan ozod etilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring