Benzin narxi oshgani haqidagi xabarlar izohlandi

Ayrim OAV va ijtimoiy tarmoq sahifalarida 2022 yil 5 iyul kunidan «O‘zbekneftgaz» AJ AYoQShlarida Ai-80 markali benzin narxi oshgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan.
«O‘zbekneftgaz» AJning xabariga ko‘ra, UNG Petro AYoQShlarida bugungi kunda 1 litri 6800 so‘mni tashkil qilayotgan Ai-80 markali avtobenzinning chakana narxi oshmagan.
«Ta’kidlash kerakki, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan 2022 yilning shu davriga qadar 749,7 ming tonna xomashyo qayta ishlandi. Jumladan, avtobenzin (109,5 %), dizel yonilg‘isi (113,2 %) bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari ijrosi to‘liq ta’minlandi», deyiladi xabarda.
Shuningdek, 72,7 ming tonna Yevro 4-5-6 ekologik toifadagi dizel yonilg‘isi hamda 179 tn miqdorida yuqori oktanli AI-98 rusumli avtomobil yonilg‘isi ishlab chiqarilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter