Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirdi
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
Unda asosiy stavkani 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 15 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Tafsilotlar kunning ikkinchi yarimida e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil mart oyida asosiy stavka 14 foizdan 17 foizga oshirilgandi.
O‘tgan oyda esa 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 16 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter