Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Artel» vakili «O‘zeltexsanoat» uyushmasi raisi bo‘ldi

«Artel» vakili «O‘zeltexsanoat» uyushmasi raisi bo‘ldi

Foto: uz24.uz

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligidagi yig‘ilishda «O‘zeltexsanoat» uyushmasi raisi Alisher Abduhoshimovich Abdullayev lavozimdan ozod etildi. U uyushma raisligi lavozimida besh oy ishladi. 

«Kun.uz» xabariga ko‘ra, «O‘zeltexsanoat» uyushmasiga Mirziyod Rahmatovich Yunusov yangi rais etib tayinlangan.

Mirziyod Yunusov shu vaqtga qadar «Artel injenering and management» MChJda mas’ul lavozimda ishlab kelayotgandi.

Ma’lumot uchun, Uyushmaning asosiy vazifasi xom ashyoni qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha yagona kompleks sifatida, shu jumladan sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash asosida sanoatni barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring