«O‘zmilliybank» ShHT Banklararo birlashmasi konferensiyasida qatnashdi
«O‘zmilliybank» AJ «VEB.RF» Davlat rivojlanish korporatsiyasi raisligida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Banklararo birlashmasi konferensiyasida ishtirok etdi.
Joriy yilning 23-24 aprel kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining Banklararo birlashmasining ShHT hududini rivojlantirish institutlari rahbarlari ishtirokida konferensiyasi onlayn rejimda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Banklararo birlashmasining a’zo banklari qatnashdilar:
- VEB.RF davlat rivojlanish korporatsiyasi (Rossiya Federatsiyasi);
- «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ;
- «Qozog‘iston Taraqqiyot Banki» OAJ;
- Xitoy davlat taraqqiyot banki;
- «RSK Bank» OAJ (Qirg‘iziston);
- «Habib Bank Limited» (Pokiston Islom Respublikasi);
- Tojikiston Respublikasi «Amonatbonk» davlat jamg‘arma banki.
Anjuman doirasida yangi global sinov - koronavirus infeksiyasining tezlik bilan tarqalishiga qarshi kurashda yaqin hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarda amalga oshirilayotgan va pandemiya oqibatlarini yumshatish va global pandemiyaning iqtisodiy sohalarga va amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalariga salbiy ta’sir qilish xavfini oldini olishga qaratilgan samarali amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot almashdilar.
Anjumanda investitsiya loyihalari sohasidagi hamkorlik, pandemiya davrida aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun tadbirkorlik subektlarini moliyalashtirish, pandemiya davrida eng zaif bo‘lgan shahar infratuzilmasi loyihalarini moliyalashtirish masalalariga alohida e’tibor berildi, shuningdek, ShHTning savdo-iqtisodiy hamkorligida milliy valyutalardan foydalanishni kengaytirish masalalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish ulushini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi..
Anjuman davomida «VEB.RF» Davlat rivojlanish korporatsiyasi raisi I.I. Shuvalov va Xitoy Davlat taraqqiyot banki (GDBK) prezidenti O. Veymin bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
VEB.RF kredit mablag‘lari evaziga gidroyenergetika, issiqlik energetikasi va transport sohasida umumiy qiymati 212,8 million AQSh dollarini tashkil etadigan loyihalar moliyalashtirilgan.
Uchrashuv davomida VEB.RF Davlat Taraqqiyot Korporatsiyasi joriy loyihalarni moliyalashtirishni davom ettirishini hamda transport sohasidagi qo‘shimcha loyihani 16 mln. AQSh dollari miqdorida moliyalashtirishga tayyorligini ma’lum qildi.
Anjumandan so‘ngida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Banklararo Birlashmasi a’zo banklari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar iqtisodiyotiga pandemiya ta’sirini yumshatish bo‘yicha muntazam ravishda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama maslahatlashuvlar o‘tkazishga, va amaliy choralar va mexanizmlarni ko‘rsatuvchi «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqishga kelishdilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter