Aloqabankdan kredit olishda hujjatbozlik kamaytirildi
Endilikda iste’mol krediti, avtokredit, overdraft, mikroqarz va jismoniy shaxslar uchun boshqa kredit turlarini rasmiylashtirish jarayoni yanada osonlashtirildi, deb xabar bermoqda «Aloqabank» matbuot xizmati.
2018-yil 1-avgustdan jismoniy shaxslar uchun kredit rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar to‘plami zarur bo‘ladi:
- kredit miqdori, muddati, foydalanish maqsadi va taklif qilinayotgan kredit ta’minoti bayon qilingan qarz oluvchi tomonidan imzolangan ariza;
- qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil)ning pasport nusxasi;
- qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil)ning ish joyidan oxirgi 1 yillik ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma (ushbu ma’lumotnomada lavozim, STIR va jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i raqami ko‘rsatilishi lozim);
- kredit ta’minoti bilan bog‘liq hujjatlar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter