Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Agrobank» ATB tadbirkorlik sub’yektlariga 674 milliard so‘m mikrokredit ajratganini ma’lum qildi

«Agrobank» ATB tadbirkorlik sub’yektlariga 674 milliard so‘m mikrokredit  ajratganini ma’lum qildi

Foto:«Agrobank» ATB matbuot xizmati

O‘zbekiston milliy matbuot markazida «Bank tomonidan aholining ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va faol tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar» mavzusida brifing tashkil etildi. Unda «Xabar.uz» muxbiri ham ishtirok etdi.

Unda «Agrobank» ATBning rahbar-xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Foto:«Agrobank» ATB matbuot xizmati

Dastlab so‘z olgan «Agrobank» Boshqaruvi raisi S.Xodjaev «Agrobank» aholining ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va faol tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirayotgan ishlar to‘g‘risida ma’ruza qildi.

Jumladan, bank joriy yilning 1 iyunigacha tadbirkorlik sube’ktlariga 674 milliard so‘m, shundan aholi tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga 193 milliard so‘m miqdorida mikrokredit ajratgan. Shu bilan birga tadbirkor ayollarning loyihalarini moliyalashtirishga 72 milliard so‘m kredit berildi. Bundan tashqari, aholining turmush sharoitini yaxshilash uchun 315 milliard so‘m iste’mol, avtokredit va overdraft kreditlari ajratilgan.

Caption

Brifingda Prezidentimizning 2018-yil 7-iyundagi «Har bir oila — tadbirkor» dasturini amalga oshirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq kreditlar ajratish borasida olib borilayotgan ishlarga ham to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, ushbu qarorda belgilangan vazifalardan kelib chiqib bank joriy yil davomida 146 milliard so‘m kredit ajratishni rejalashtirgan.

Bundan tashqari, bank filiallarida xorijiy «VISA» kartadagi mablag‘larni naqd shaklda olish imkoniyati yaratilib, «Agrobankmobile» ilovasi orqali esa milliy valyutani xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, aholiga tomorqa xizmatlari ko‘rsatishni kengaytirish maqsadida «Tomorqa xizmati» korxonalariga kredit ajratilishi belgilangan, bugungi kunda 54 ta «Tomorqa xizmati» korxonasi tomonidan 1635 ta mahallaning 1 million 234 mingdan ziyod xonadoni qamrab olingan.

Brifing yakunida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring