Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda o‘zbek milliy tashuvchilariga o‘rnatilgan cheklov bekor qilindi

Afg‘onistonda o‘zbek milliy tashuvchilariga o‘rnatilgan cheklov bekor qilindi

Foto: Xabar.uz

Afg‘oniston hududi bo‘ylab xalqaro yuk tashuvlarida o‘zbek milliy tashuvchilariga o‘rnatilgan cheklov bekor qilindi.

Transport vaziri Ilhom Mahkamov Afg‘oniston transport va fuqaro aviatsiyasi vaziri vazifasini bajaruvchi Hamidullo Oxunzoda boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Xususan, o‘zbek milliy tashuvchilari uchun tranzit va Afg‘onistonning boshqa hududlariga tashuvlar jarayonida o‘rnatilgan cheklov bekor qilindi.

Shuningdek, 2024 yildan boshlab tomonlar xalqaro avtomobil tashuvlarida undiriladigan yig‘im va to‘lovlarni paritet asosida o‘rnatish bo‘yicha aniq maqsadlar belgilab olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring