60 ta tumanga 27 ta turdagi soliq imtiyozi, subsidiya va preferensiyalar berildi
Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, 2023-yildan boshlab iqtisodiy rivojlanishi orqada bo‘lgan 4 va 5-toifadagi 60 ta tumanga 27 ta turdagi soliq imtiyozi, subsidiya va preferensiyalar berildi.
«Bu imkoniyatdan viloyat, tuman hokimlari, investitsiya va sanoat bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari foydalanishlari kerak!», — dedi Prezident.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga hokimlar o‘rinbosarlari bilan birga:
- bir oy muddatda 60 ta tumandagi sanoat loyihalariga investitsiya jalb qilish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni tasdiqlab, ijrosini boshlash;
- yil yakuniga qadar har bir tuman bo‘yicha kamida 5 tadan sanoat loyihasini ishga tushirib, ular toifasini yaxshilash topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter