Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2030-yilga qadar esa yiliga 1 million dona avtomobil ishlab chiqariladi

2030-yilga qadar esa yiliga 1 million dona avtomobil ishlab chiqariladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev avtomobilsozlikka oid ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi va quyidagi fikrlarni bildirdi:

«Bir raqamga e’tibor qiling: Asaka tumanidagi sanoat ishlab chiqarish hajmlari respublikaning 9 ta viloyati sanoatidan yuqori.

Biz avtomobilsozlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha 1 milliard dollar investitsiya kiritamiz.

Bu orqali, kelgusi ikki yilda avtomobil ishlab chiqarishni hozirgi 300 ming donadan 500 ming donaga olib chiqamiz.

2030-yilga qadar esa yiliga 1 million dona avtomobil ishlab chiqarishga erishamiz. Shuningdek, Asakada 13 ta korxona ishtirokida yirik mashinasozlik klasteri tashkil etilmoqda», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring