Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2023 yil 1 yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi tushiriladi

2023 yil 1 yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi tushiriladi

Prezidentning tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tayotgan ochiq muloqotida kichik va o‘rta biznes uchun eng muammoli masalalardan biri qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va qaytarish bilan bog‘liqligi ta’kidlandi.

Prezident 2021-yilgi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida biznes uchun soliq yukini tushirish siyosatini davom ettirib, qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini yanada tushirishga va’da bergan edi.

«Ochiq aytishim kerak, «iqtisodiyot pandemiya tufayli hali to‘liq tiklanmadi, jahon iqtisodiyotidagi vaziyat yaxshi emas, shu sababli buni keyinga qoldiraylik 2023-yil 1-yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 12 foizga tushiramiz», deb taklif berganlar ham bo‘ldi.

Lekin sizlarni ishontirib aytaman: biz islohotlar yo‘lidan hech qachon ortga qaytmaymiz va 2023-yil 1-yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 12 foizga tushiramiz», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Xabar.uz nashri muxbirining ma’lum qilishicha, davlat rahbari, shuningdek, bu qarorga kelishning o‘zi qiyin bo‘lgani, ammo tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bugunning muhim masalalaridan biri ekanini ta’kidlagan.

«Bu og‘ir va qiyin masala, ammo yakkayu yagona yechim faqat shu. Tadbirkorga qancha yengillik bersak, u kuchayadi va mamlakat rivojiga yanada ko‘proq hissa qo‘shadi.

Biz juda og‘ir vaqtda bu qarorni qabul qildik va uni muhokama qilishga hech kimning haqqi yo‘q», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring