Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2019-yilda 16,9 trillion so‘m va 8,1 milliard AQSh dollariga teng loyihalar amalga oshiriladi

2019-yilda 16,9 trillion so‘m va 8,1 milliard AQSh dollariga teng loyihalar amalga oshiriladi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilingani haqida xabar bergandik.

Farmon bilan umumiy qiymati 16,9 trillion so‘m va 8,1 milliard AQSh dollariga teng loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi hamda quyidagilarni nazarda tutuvchi «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» davlat dasturi tasdiqlandi:

  • davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida – parlament faoliyatini kuchaytirish, ijro etuvchi hokimiyat tizimini optimallashtirish, ma’muriy islohotlarni davom ettirish, davlat boshqaruvida zamonaviy menejment uslublarini keng qo‘llash, yagona kadrlar siyosatini shakllantirish, hokimliklarning mustaqilligini oshirish;
  • qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida – sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligiga erishish, aholi tinchligi, xavfsizligini va qonuniylikni ta’minlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish, jinoyat qonunchiligini liberallashtirish;
  • iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb etish sohasida – makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, sog‘lom raqobat uchun zarur sharoitlarni yaratish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini jiddiy ravishda kamaytirish, yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, «xufyona» iqtisodiyotga qarshi kurashish va uning ulushini keskin qisqartirish, valyuta siyosatini erkinlashtirishni davom ettirish;
  • ijtimoiy rivojlanish sohasida – aholi o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlarning daromadlarini oshirish, fan va uzluksiz ta’limni rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va ular bilan aholini qamrab olishni kengaytirish, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, odamlarning turmush sharoitlarini yaxshilash, ularni munosib turar joy bilan ta’minlash va farovonligini oshirish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, turizmni rivojlantirish;
  • xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, shuningdek, tashqi siyosat sohasida – mudofaa qudratini oshirish, Qurolli Kuchlar salohiyatini mustahkamlash, milliy mudofaa sanoati kompleksini shakllantirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ochiqlik, o‘zaro teng va manfaatli hamkorlik tamoyillariga asoslangan tashqi siyosiy faoliyat samaradorligini yanada oshirish.

Ma’lumot uchun: 2018-yilgi Davlat dasturini ro‘yobga chiqarish doirasida 21 trillion so‘m va 1 milliard AQSh dollariga teng 76 mingta loyiha amalga oshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring