Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2017-yilda O‘zbekistonda 1 million 106 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan

2017-yilda O‘zbekistonda 1 million 106 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan

Foto: «Deptarif.49gov.ru»

2017-yilda benzin ishlab chiqarish hajmi 2016-yildagiga nisbatan 2,5 foizga qisqargan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotlarga tayanib, O‘zA xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yilda O‘zbekistonda 1 million 106 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan. 2016 yilda bu ko‘rsatkich 1 million 134 ming tonnani tashkil etgan. O‘tgan yilda dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish hajmi 4,5 foizga qisqargan.

2016-yilda 1 million 8 ming tonna dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2017-yilda O‘zbekistondagi qayta ishlash korxonalari tomonidan 963 ming tonnaga yaqin mazkur turdagi yoqilg‘i ishlab chiqarilgan.

Ayni vaqtda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 58,1 foizga, avtobus ishlab chiqarish 16,4 foizga, yuk avtomobillar ishlab chiqarish sur’ati 7,5 foizga ortgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring