«O‘zstandart» bosh direktori: «153 ta korxona hech qanday hujjatlarsiz mahsulot chiqarayotgani aniqlandi»

«Joriy yilning o‘tgan davrida respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan 153 ta korxonalar hech qanday hujjatlarsiz, standartlarni joriy etmasdan mahsulot ishlab chiqarayotgani aniqlandi» - «O‘zstandart» agentligi Bosh direktori Dilshod Sattarov ayrim ishlab chiqarish korxonalaridagi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Agentlik huzuridagi Departament xodimlari tomonidan 2021-yilning o‘tgan davridagi o‘rganishlari natijasida 1024 ta korxonalardan 153 tasida me’yoriy hujjatlarsiz, standartlar joriy etilmasdan mahsulot ishlab chiqarilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Misol uchun: O‘rganilgan 391 ta oziq-ovqat sanoati korxonalaridan 60 tasida, 189 ta yengil sanoat korxonalaridan 58 tasida, 136 ta qurilish mahsulotlari korxonalaridan 23 tasida, 136 ta qishloq xo‘jaligi mahsulotlari korxonalaridan esa 9 tasida standartlar joriy etilmaganligi aniqlandi.
Mazkur korxonalarga mahsulotlar sifatini oshirish va xalqaro standartlarni joriy etishning ahamiyati yuzasidan tavsiya va amaliy ko‘mak berildi. Korxonalar sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishi uchun zaruriy standartlar, jumladan halqaro standartlar bilan ta’minlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter