Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1 sentyabrdan dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun raqamli markirovkalash tizimini joriy etish boshlanadi

1 sentyabrdan dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun raqamli markirovkalash tizimini joriy etish boshlanadi

«Asl Belgisi» – «CRPT Turon» MChJ milliy raqamli markirovkalash tizimi operatori tomonidan OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

Jurnalistlar safar davomida raqamli markirovkalash va mahsulotni kuzatish tizimi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida «NIKA PHARM» MChJ farmatsevtika kompaniyasi ishlab chiqarish maydonlariga tashrif buyurdilar.

Press-tur davomida jurnalistlarning barcha savollariga javob berib o‘tildi. Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 apreldagi 149-son qaroriga muvofiq, mamlakatimizda dori vositalarini markirovkalash 1 sentyabrdan boshlanishi belgilab qo‘yilgan. Tizim bosqichma-bosqich joriy etiladi va quyidagi guruhlarni o‘z ichiga oladi:

- birinchi guruh — ikkilamchi (tashqi) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari (orfan dori vositalaridan tashqari) — 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab;

- ikkinchi guruh — birlamchi (ichki) qadoqlarda (ikkilamchi (tashqi) o‘ram bo‘lmaganda) va angromahsulotda (orafan dori vositalaridan tashqari) ishlab chiqariladigan dori vositalari (orfan preparatlaridan tashqari) — 2022 yil 1 noyabrdan boshlanadi;

- uchinchi guruh — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan orfan dori vositalari va kam uchraydigan (orfan) kasalliklarni tashxislash va davolash uchun mo‘ljallangan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan ro‘yxatga olish natijalarini tan olish tartibi doirasida dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiy texnikaning davlat reyestriga kiritilgan — 2023 yil 1 martdan boshlab;

- to‘rtinchi guruh — tibbiy buyumlar 2025 yil 1 fevraldan boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring