Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-noyabrdan ayrim korxonalarga tabiiy gaz bo‘yicha o‘rnatilgan cheklovga izoh berildi

1-noyabrdan ayrim korxonalarga tabiiy gaz bo‘yicha o‘rnatilgan cheklovga izoh berildi

Toshkent shahrining mavsumiy iste’molchilariga (g‘isht, gips ohak va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmagan yirik sanoat korxonalari) tabiiy gaz yetkazib berish 1 noyabrdan to‘xtatilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ushbu cheklovlarga izoh berdi.

«Kuz-qish davrida O‘zbekistonda tabiiy gaz ta’minotida aholi va ijtimoiy soha ob’yektlariga ustuvor ahamiyat beriladi.

Gaz ta’minoti quvvatlarini oshirish maqsadida gaz ta’minoti korxonalari tomonidan mavjud gaz ta’minoti infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha faol ish olib borilayotganini, bu esa hozirgi vaqtda iste’molni oshirish paytida tabiiy gazni teng taqsimlash imkoniyatiga ega emasligini ma’lum qilamiz. Shu munosabat bilan, tabiiy gaz taqsimotini muvozanatlashtirish bo‘yicha maxsus vaqtinchalik choralar ko‘rilmoqda. Bu esa, uylar, xonadonlar, maktablar, bolalar bog‘chalari va shifoxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash imkonini beradi.

Barcha faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlari O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ularning muqobil yoqilg‘i turlariga (suyultirilgan gaz, ko‘mir va boshqalar) bosqichma-bosqich o‘tish dasturi amalga oshirilayotganidan xabarlari bor.

Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning amaldagi shartnomalarida kuz-qish davrida gaz yetkazib berishga cheklovlar kiritilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, shuning uchun ham ular muqobil yonilg‘i manbalariga ega bo‘lishlari kerak.

Qisqa muddatlarda kuz-qish mavsumida muqobil yoqilg‘i turlaridan foydalanishni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Shu munosabat bilan 2020-yilning 1-noyabridan joriy etilgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar, jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari (restoran, kafe) uchun tabiiy gazdan foydalanishga doir cheklovlar tabiiy gaz sotib olish bo‘yicha shartnomalarda ko‘zda tutilgan zarur chora hisoblanadi.

Shunday qilib, o‘tgan yillarda joriy etilgan muqobil yoqilg‘i manbalariga o‘tishning davlat dasturiga muvofiq, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmagan yuridik iste’molchilar 2020-2021-yillar kuz-qish davri boshlanishi arafasida tegishli bildirishnomalarni oldilar.

Xususan, shu kunlarda poytaxtning yuqori bosimli gaz quvurlariga ulangan yirik ulgurji iste’molchilar «Hududgazta’minot» AJdan aholi va ijtimoiy soha ob’yektlariga gaz yetkazib berish barqarorligiga ta’sir ko‘rsatmaslik uchun ularni «sanoat kollekttori»ga o‘tkazish to‘g‘risida xabarnoma oldilar. Barcha korxonalar joriy yil boshida «sanoat kollektori»ga o‘tkazish zarurligi to‘g‘risida xabarnoma oldilar.

Toshkent shahrining mavsumiy iste’molchilariga (g‘isht, gips ohak va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmagan yirik sanoat korxonalari) tabiiy gaz yetkazib berish 1-noyabrdan to‘xtatilishi to‘g‘risida xabar berildi.

Shunday qilib, kuz-qish davrida tabiiy gaz yetkazib berilishi kafolatlanmagan ulgurji iste’molchilar, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari muqobil yoqilg‘idan foydalanishga o‘tish uchun faol choralar ko‘rishlari kerak. Oldinda yilning sovuq mavsumi turibdi, shuning uchun tabiiy gaz ta’minoti uzilishlarsiz va kerakli hajmda, birinchi navbatda, aholi xonadonlar, shifoxonalar va ta’lim muassasalariga yetkazib berilishi kerak», deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring