1-noyabrdan alkogol mahsulotlari qimmatlashadi
2019-yilning 1-noyabridan boshlab alkogol mahsulotlari uchun yangi eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar belgilanadi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berilmoqda.
Xususan, 1-noyabrdan 1 litr tayyor mahsulot uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narx quyidagicha:
-vino – 8600 so‘m va 10200 so‘m (ilgari 8000 so‘m va 9600 so‘m);
-konyak – 31 000 so‘m va 36 600 so‘m (ilgari 29 000 so‘m va 34 600 so‘m);
-aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar – 22 000 so‘m va 26 000 so‘m (ilgari 19 400 so‘m va 23 200 so‘m) etib belgilandi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter