Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident: «So‘rg‘il konining tenderidan kim qancha yeganini yaxshi bilaman!»

Prezident: «So‘rg‘il konining tenderidan kim qancha yeganini yaxshi bilaman!»

Foto: «Uzex.uz»

Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda Toshkent viloyatida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada O‘zbekiston Respubliksi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Sessiyada «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining vakili ham qatnashyapti. Uning ma’lumot berishicha, videoselektor shaklida o‘tayotgan sessiyada Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘zga chiqib, qurilishlarga nomzod tashkilotlarni tender orqali saralash tizimini qattiq tanqid qildi.

«O‘zbekistonda adolat bor, ishonch bor, tender yo‘q! Endi qurilishlar tender orqali taqsimlanmaydi. Bu korrupsiya-ku! Xalqaro tenderlar ham o‘yin. Masalan, So‘rg‘ilning tenderidan kim qancha yeganini men yaxshi bilaman», deb aytgan O‘zbekiston rahbari.

Eslatib o‘tamiz, 2008 yilning fevral oyida «O‘zbekneftegaz» milliy xolding kompaniyasi va Koreya kompaniyalari konsorsiumi teng asosda So‘rg‘il koni bazasida «Ustyurt GKM»ni qurish uchun «UZ-KOR GAS CHEMICAL» QK tashkil etgan edilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring