Shavkat Mirziyoyev: «Dunyo hamjamiyatida obro‘ qozonish uchun 20 yillik muzni eritish kerak!»
Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda Toshkent viloyatida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.
Sessiyada «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining vakili ham qatnashmoqda. Uning ma’lumot berishicha, videoselektor shaklida o‘tayotgan sessiyada Prezident Shavkat Mirziyoyev dunyo davlatlarining O‘zbekistonga munosabati, tashqi siyosiy aloqalar, xususan, qo‘shni davlatlar bilan yaqin aloqa o‘rnatishning ahamiyati haqida ham to‘xtalgan.
«Toshkent bilan aloqalar yaxshilanishi, yaqin qo‘shnichilik munosabatlari tiklanishi lozim. Bundan xalq sevinadi. Dunyo hamjamiyatida obro‘ qozonish uchun 20 yillik muzni eritish kerak. Ya’ni qo‘shnilarimiz bilan samimiy do‘st bo‘lishimiz lozim», deya ta’kidlagan O‘zbekiston rahbari.
Voqealar rivojini biz bilan birga kuzating!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter