Toshkent viloyatida 2018-yili 300 ta zamonaviy bolalar bog‘chasi quriladi
Avval xabar berganimizdek, xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi yakunlandi. Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Sessiyada «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining vakili ham qatnashdi. Uning ma’lumot berishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z ma’ruzasida viloyatdagi maktabgacha ta’lim muassasalarining ahvoli, bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlarga ham to‘xtalib o‘tgan.
«Toshkent viloyatida 2018-yili 300 ta zamonaviy bolalar bog‘chasi quriladi», deb aytgan O‘zbekiston rahbari.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 22-dekabridagi parlamentga murojaatida bolalar tarbiyasida eng asosiy bo‘g‘in hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimining jamiyatimiz hayotidagi katta o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etilgani, bu sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashimiz, jumladan, yaqin 3-4 yilda barcha hududlarda minglab yangi bog‘chalar qurishimiz, ta’lim-tarbiya sifati va darajasini yangi bosqichga ko‘tarishimiz lozimligini ta’kidlagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter