Yaxshi mutaxassislar borib ishlashi uchun eng yaxshi mamlakatlar (reyting)
«IMD» biznes maktabi har yili yuqori malakali mutaxassislar uchun eng jozibali mamlakatlar reytingini (World Talent Ranking) tuzadi. Beshinchi yildirki, Shveysariya bu ro‘yxat yetakchisi. Bilimli immigrantlar soni Alp mamlakatida shiddat bilan o‘sib boryapti. Ro‘yxatda ikkinchi — Daniya, uchinchi — Norvegiya, deb yozmoqda «Bloomberg».
AQSh «TOP-10»ga kirmadi, biroq o‘tgan yilga nisbatan to‘rt pog‘ona yuqorilab 12-o‘rinni band etdi. Buyuk Britaniya 23-o‘rinda, Kanada esa kuchli o‘nlikka kirgan Yevropada joylashmagan yagona mamlakat — 6-o‘rin.
Osiyoda malakali mutaxassislar uchun eng yaxshi ish o‘rinlarini Sinpgapur taklif etmoqda — 13-o‘rin, Gonkong esa 18-o‘rinda.
Reytingni tuzishda 63 mamlakatdagi 6000 dan ziyod mutaxassislar so‘rovdan o‘tkazildi.
TOP-10
- Shveysariya
- Daniya
- Norvegiya
- Avstriya
- Niderlandiya
- Kanada
- Finlyandiya
- Shvetsiya
- Lyuksemburg
- Germaniya.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter