Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha vaziyat 9-may holatiga qaytdi, boshqalarda ham ahvol yaxshimas (infografika)

O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha vaziyat 9-may holatiga qaytdi, boshqalarda ham ahvol yaxshimas (infografika)

Infografika: «Xabar.uz»

Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun bergan ma’lumotga ko‘ra, 28-may soat 16:30 holatiga O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3437 nafarga yetdi.

  • Sog‘ayganlar — 2685 nafar (78,1 foiz)
  • Davolanayotganlar — 738 nafar (21,5 foiz)
  • Vafot etganlar — 14 nafar (0,4 foiz).

O‘zbekistonda «sog‘ayganlar/davolanayotganlar/vafot etganlar» nisbati 9-may sanasida quyidagi holatga kelgandi:

  • Sog‘ayganlar — 1846 nafar (78,6 foiz)
  • Davolanayotganlar — 493 nafar (21 foiz)
  • Vafot etganlar — 10 nafar (0,4 foiz).

Eng yaxshi vaziyat 22-may kuni kuzatilib, sog‘ayib ketganlar ulushi 82,1 foizga chiqqandi.

O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha holatning yana keskinlashayotgani, birinchi navbatda, so‘nggi haftalarda kasallanish holatlarining ko‘paygani bilan izohlanadi.

Yaqin xorij mamlakatlarida

Boltiqbo‘yi. Garchi uch mamlakat orasida koronavirus eng ko‘p qayd etilgan bo‘lsa-da, Estoniya (1851 holat) virusni yengishga eng yaqin turibdi: 211 nafar bemor qoldi — bemorlarning 85 foizi sog‘aygan (yuqoridagi infografika). Mamlakat sobiq ittifoq mamlakatlari orasida bu jihatdan yetakchi.

Kavkaz. Mintaqada eng og‘ir vaziyat Armanistonda: koronavirus 8216 kishida aniqlangan, qurbonlar soni 113 nafarga yetdi, 3287 nafar (40 foiz) bemor sog‘ayib ketgan. Kasallanishlar soni (738 nafar) bo‘yicha ham, virus qurbonlari (12 nafar) bo‘yicha ham eng yaxshi holat Gruziyada.

Belarus, Ukraina, Moldova — koronavirus bo‘yicha eng og‘ir vaziyat kuzatilayotgan mamlakatlar. Belarusda salkam 40 ming kishi, Moldovada 7,5 ming kishi koronavirusga chalingan, Ukrainada (22382 ta holat) 669 kishi koronavirus oqibatida vafot etdi.

Markaziy Osiyo. Mintaqadagi «eng qaynoq» hududlar kunlik ko‘rsatkichlari tobora oshib borayotgan Qozog‘iston (9567 holat) va Tojikiston (3563)  bo‘lib qolmoqda. Tojikistonda 47 kishi, Qozog‘istonda 37 kishi koronavirus qurboniga aylandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring