Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va ayrim mamlakatlarda koronavirusning kunlik qayd etilishi, 1—10-iyul (infografika)

O‘zbekiston va ayrim mamlakatlarda koronavirusning kunlik qayd etilishi, 1—10-iyul (infografika)

Infografika: «Xabar.uz»

O‘zbekistonda, bugungi holatlarni ham qo‘shganda, iyul oyida jami 3557 kishi koronavirusga chalindi. Oyning dastlabki ikki kunida kunlik ko‘rsatkich 300 tadan oz edi. 3-iyuldan 7-iyulgacha har kuni 300 tadan ortiq holat qayd etilgan bo‘lsa, so‘nggi uch kunda ko‘rsatkich 400 tadan ozaygan emas. Kunlik holat faqat yuqorilab borayotganini infografikadan ham ko‘rish mumkin.

Qozog‘istonda pandemik vaziyat o‘ta tanglashgan, bu yerda kunlik ko‘rsatkichlar barqaror pasayishda davom etayotgan Turkiya, hatto oxirgi kunlarda yangi holatlar ko‘payishni boshlagan Ispaniyadagidan ham yuqori.

Koronavirus yuqori shiddat bilan kirib kelgan Tojikistonda vaziyat nisbatan yumshagan bo‘lsa, Qirg‘izistonda kunlik o‘sish ba’zida O‘zbekistondagidan ham yuqori bo‘lmoqda.

Pandemiyaga qarshi «ochiqchasiga» kurashayotgan Belarusda kunlik holatlar kamayishi barobarida, janubiy qo‘shnisi Ukrainada yangi kasallar soni keskin ko‘payishni boshladi.

Sanalgan mamlakatlar orasida hozirda nisbatan barqaror vaziyat Janubiy Koreyada.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring