Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 8-iyun (infografika)
![Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 8-iyun (infografika)](https://static.xabaruz.com/crop/3/1/920__95_316381290.png)
Bugun 8-iyun — mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 86-kuni.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 7-iyun soat 23:00 holatiga, mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4 331 nafarga yetdi: shifo topganlar — 3 354, vafot etganlar — 17, davolanayotganlar — 960 nafar.
7-iyun sanasida O‘zbekistonda:
- koronavirus qayd etilgan — 237 (O‘zbekistonda koronavirus qayd etilishi bo‘yicha kunlik rekord!);
- tuzalganlar — 86.
«Worldometer» ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 7 048 036 nafarga yetdi, shifo topganlar — 3 442 688 nafar, vafot etganlar — 403 582 nafar.
Koronavirus qayd etilishi:
- Shimoliy Amerika — 2 269 408 nafar;
- Yevropa — 2 094 229;
- Osiyo — 1 361 070;
- Janubiy Amerika — 1 126 046;
- Afrika — 187 692;
- Okeaniya — 8 870.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter