Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 28-aprel (infografika)

Bugun, 28-aprel — mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 45-kuni.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 27-aprel soat 22:00 da bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakatimizda koronavirusni yuqtirganlar jami soni 1904 nafarga yetdi: shifo topganlar — 892 nafar, vafot etganlar — 8 nafar.
27-aprel sanasida O‘zbekistonda koronavirus 35 kishida aniqlandi.
«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 3 million nafardan, AQShda 1 million nafardan oshdi.
AQShda koronavirusga chalinganlar soni butun Osiyodagidan ko‘p.
Jahonda COVID-19 bilan kasallanganlarning eng katta qismi Yevropa va AQShga to‘g‘ri kelmoqda.

Eslatma: ayrim raqamlar soniyasiga yangilanib turgan global manbalardagidan farqlanishi mumkin — koronavirus juda tez tarqamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter