Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 25-aprel (infografika)

Bugun, 25-aprel — mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 42-kuni.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 24-aprel soat 23:00 da bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakatimizda COVID-19ni yuqtirganlar jami soni 1804 nafarga yetdi: 621 nafar bemor sog‘ayib ketgan, 8 nafari vafot etgan.
24-aprel sanasida O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirganlar soni 46 nafarga ko‘paydi.
«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus eng ko‘p tarqagan mamlakat — AQShda 912 mingdan ortiq inson kasallikni yuqtirgan.
Kecha Janubiy Amerikaning Ekvador mamlakatida antirekord o‘rnatildi — bir kunda 11536 kishida kasallik aniqlanib, ularning jami soni ikki karra oshdi: 22719 nafar.
Koronavirus bir kunda eng ko‘p qayd etilgan 10 mamlakat (24.04.2020)
25-aprelning ayni vaqtiga kelib, dunyo bo‘yicha koronavirus aniqlangan insonlar jami soni 2.812.697 nafarga yetdi, shundan 196.258 nafari vafot etgan, 778.388 nafar bemor sog‘ayib ketgan.
Dunyoning 185 mamlakati va hududida koronavirus mavjud.
Eslatma: ayrim raqamlar soniyasiga yangilanib turgan global manbalardagidan farqlanishi mumkin — koronavirus juda tez tarqamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter