Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 2-may (infografika)

Bugun, 2-may — mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 49-kuni.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 1-may soat 23:00 da bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2086 nafarga yetdi: shifo topganlar — 1212 nafar, vafot etganlar — 9 nafar.
1-may sanasida O‘zbekistonda koronavirus 47 kishida aniqlandi.
«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 3.389.717 nafarga yetdi, shifo topganlar — 1.076.404, vafot etganlar — 238.989 nafar.

Eslatma: ayrim raqamlar soniyasiga yangilanib turgan global manbalardagidan farqlanishi mumkin — koronavirus juda tez tarqamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter