Koronavirus bilan kasallanishi mumkin bo‘lgan jonivorlar ro‘yxati tuzildi (infografika)
Olimlar koronavirus infeksiyasini yuqtirib olishi mumkin bo‘lgan jonivorlar ro‘yxatini tuzishdi — unga umurtqalilarning 410 turi kiritilgan. Ushbu ilmiy ish haqida «Ommaviy mexanika» yozmoqda.
Ro‘yxatni shakllantirishda olimlar jonivorlarda angiotenzinga aylanuvchi ferment 2 bor-yo‘qligiga e’tibor qaratishdi. Chunki ayni shu ferment koronavirus uchun hujayralarga «kirish nuqtasi» sanaladi.
Jonivorlar beshta xavf guruhiga taqsimlandi (infografika).
Eng xavfli guruh:
- tor burunli maymunlar va gominidlar (jami 18 turi).
Ikkinchi guruh:
- kitlar, delfinlar, kemiruvchilar, bug‘ular, lemursimon primatlar, chumolixo‘rlar va boshqalar (jami 28 tur).
O‘rtacha xavf guruhi:
- mushuksimonlar, jumladan, uy mushugi, juft tuyoqlilar, quyonsimonlar.
To‘rtinchi guruh:
- itlar, cho‘chqalar, otlar, fillar (Afrika).
Eng xavfsiz guruh (bu jonivorlar koronavirusni yuqtirib olishi ehtimoli juda past):
- qushlar, dengiz mushuklari, timsohlar, uy sichqonlari va boshqalar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter