Jahon qarzining mamlakatlar bo‘yicha holati e’lon qilindi
COVID-19 tarqalishi bilan jahon iqtisodiyoti katta sinovlarga duch keldi. Bunday sharoitda mamlakatlar ko‘proq qarz olishni boshladilar, bu esa oxirgi yarim asrda jahon qarzining eng yuqori darajasiga olib keldi.
Visual Capitalist ma’lumotlariga ko‘ra, Yaponiya (256,9%), Sudan (210%) va Gretsiya (207%) qarzning YaIMga nisbati eng yuqori bo‘lgan davlatlar ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda.
O‘zbekistonda eng xavfsiz ko‘rsatkichlardan biri kuzatilmoqda — 38,9%, dunyoda 153 o‘rin. Mamlakat qarzining YaIMga nisbati qanchalik past bo‘lsa, mamlakatning o‘z qarzi bo‘yicha defoltga uchrashi ehtimoli shunchalik kam bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter