Ipoteka krediti bo‘yicha aksiya e’lon qilindi
Mikrokreditbank Navro‘z – yangilanish va yosharish bayrami arafasida aholining uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish, ularga qulayliklar yaratish maqsadida, ipoteka krediti bo‘yicha o‘zining bayramoldi aksiyasini e’lon qiladi.
Aksiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-sonli Farmoniga asosan birlamchi bozordan aholiga uy-joy sotib olishi uchun bank tomonidan joriy etilgan yangi «Qulay ipoteka» krediti tadbiq etiladi.
Endilikda, aksiya doirasida Toshkent shahrida qurilgan birlamchi bozordagi turar-joy binolaridan xonadonlar sotib olish uchun yillik 20 foiz stavkasida;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat shahar joylarida qurilgan birlamchi bozordagi turar-joy binolaridan xonadonlar sotib olish uchun yillik 19 foiz stavkasida ipoteka kreditlarini taklif etadi.
Eslatib o‘tamiz: mazkur aksiya joriy yilning 30 apreliga qadar amal qiladi.
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter