Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi xarajatlari ma’lum qilindi (infografika)
Moliya vazirligi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi xarajatlari haqidagi ma’lumot berdi.
Taqdim etilgan infografikaga ko‘ra xarajatlar miqdori 756 mlrd so‘mga teng bo‘ldi.
Ushbu xarajatlarning 226 mlrd so‘mi Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga, 123 mlrd so‘mi test, reaktivlar va himoya vositalarini sotib olishga, 93 mlrd so‘mi hudud markazlariga yo‘naltiriladi.
Shuningdek, karantinda saqlanayotgan muassasalar xodimlarining ish haqi, oziq-ovqat, gigiyena tovarlari, bemorlarni davolayotgan tibbiyot va boshqa xodimlarga maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari uchun va boshqa xarajatlarga sarflanadi.
Bundan tashqari, shifoxonalar va karantin majmualarini qurish va jihozlash uchun hamda ijtimoiy sohaga mablag‘lar yo‘naltirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter