Dollar, yevro yoki rubl? 2020-yil davomida qaysi valyutalar kursi eng ko‘p oshdi (infografika)
Markaziy bank 8-dekabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgilagani xabarini bergandik.
Unga ko‘ra:
- AQSh dollarining rasmiy kursi 10 443,07 so‘mni (+15,69),
- Yevro kursi 12 657,00 so‘mni, (+128,50)
- Rossiya rubli 141,05 so‘mni (+3,57) tashkil etdi.
Ya’ni 2020-yilning so‘nggi oyi dastlabki haftasida yuqoridagi valyutalarning barchasi qimmatladi.
2020-yilning 12 oyida davomida (yanvardan dekabrgacha), oyma-oy solishtirilganda (dastlabki haftalar): valyutalar kurslaridagi o‘zgarishlar:
AQSh dollari
Amerika valyutasi apreldan beri to‘xtovsiz oshyapti: qiymati 2020-yil davomida, 8-yanvardan (1 AQSh dollari — 9 507,89 so‘m) 8-dekabrgacha (10 443,07 so‘m) 9,83 foizga qimmatlashdi.
Yevro
Yevropa ittifoqi valyutasi kursi 2020-yil davomida dollar kabi muntazam oshmagani bilan, katta sakrashlar hisobiga juda ilgarilab ketdi:
8-yanvarda 1 yevro — 10 608,90 so‘m edi, 8-dekabrda — 12 657,00 so‘m, yil davomida 19,3 foizga qimmatlagan!
Rossiya rubli
2020-yilda rus valyutasining so‘mga nisbatan qiymati beqarorligi bilan xarakterlanadi: sakkiz oyda pasaydi (o‘rtada may va iyundagi yuqorilash bor), 8-dekabrdan rubl kursi oshdi: 1 rubl — 141,05 so‘m. Bu martdagi (1 rubl — 141,85 so‘m) bilan o‘xshash ko‘rsatkich, yillik kesimda, ya’ni yanvarga (153,43 so‘m) nisbatan Rossiya rubli 8 foizga qadrsizlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter